Avstriyadan hamkorlarning tashrifi

Avstriyadan hamkorlarning tashrifi

Kuni kecha bizning “FayzGO” logistika kompaniyamizga Avstriyaning yetakchi transport kompaniyasidan hamkorlarimiz tashrif buyurishdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasida yuk tashish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildik.

Hamkorlarimiz o‘zlarining imkoniyatlari haqida batafsil so‘zlab berishdi, bu bizga birgalikda ishlashning afzalliklarini baholash imkonini berdi. Ishonchimiz komilki, kuchlarni birlashtirish xalqaro bozordagi mavqeyimizni mustahkamlaydi va mijozlarimizga yanada yaxshi va ishonchli xizmatlarni taqdim etadi.