Xitoylik hamkasblarning tashrifi

Xitoyning “BLOJOE TRANSPORTATION” kompaniyasi hamkorlik yuzasidan “FayzGO” logistika kompaniyasi bosh ofisiga tashrif buyurdi. Hamkorlarimizning tashrifi chog‘ida har tomonlama strategik sheriklik va transport-logistika sohasini yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
FayzGO logistika kompaniyasi Xitoy bilan tibbiyot, texnologiya, qurilish va avtomobilsozlik kabi sohalarda ta’minot zanjirining barcha noyob ehtiyojlarini qondiradigan tezkor, tejamkor va xavfsiz yetkazib berish yechimlari bo‘yicha shartnoma imzoladi.