“ShayanaFarm” rahbari bilan uchrashuv:

O’zbekistonda dori-darmon yetakchilaridan bolgan “ShayanaFarm” korxonasi rahbari Janob Ashok Kumar bilan, Hindiston davlatidan dori-darmon mahsulotlarini olib kelishda yaqindan hamkorlik qilish masalalari va optimal logistika yo’llarini muhokama qildik. Uchrashuv davomida “FayzGO” logistika kompaniyasi tomonidan yaxshi takliflar berildi va hamkorlik shartnomalari imzolandi. “ShayanaFarm” va “FayzGO” Logistics Kompanyasi hamkorligi ko’p yillar davom etishiga ishonamiz.