Hindiston elchisi bilan uchrashuv

“FayzGO” logistika kompaniyasi Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat bilan Hindistondan import va eksport masalasi bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi logistika xarajatlarini optimallashtirish yo‘llari va kelish vaqtlari muhokama qilindi. Erishilgan kelishuvlar tufayli Hindiston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha import-eksport tashish oqimi ko‘paydi, mijozlarimiz tovarlarni yanada arzon narxlarda va qisqa muddatlarda olib kelish va jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘ldi.