"Jahon Banki" delegatsiyasi "FayzGO Logistics" ofisiga tashrif buyurdi

"Jahon Banki" delegatsiyasi "FayzGO Logistics" ofisiga tashrif buyurdi Kuni kecha "Jahon Banki"ning besh nafar vakilidan iborat delegatsiya "FayzGO Logistics" kompaniyasining ofisiga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Karim Belayachi (Xususiy sektor bo‘yicha katta mutaxassis), Christina Weiderer (Global savdo va mintaqaviy integratsiya bo‘yicha mutaxassis) hamda boshqa nufuzli hamkasblar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida logistika sohasidagi mavjud muammolar va uning kelgusi rivoji muhokama qilindi. Ayniqsa, transport jarayonlarining samaradorligini oshirish va mintaqadagi xalqaro savdoni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

"FayzGO Logistics" jamoasi logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish, yuklarni zamonaviy qayta ishlash usullari va jarayonlarni raqamlashtirish bo‘yicha o‘z qarashlarini bo‘lishdi. O‘z navbatida, The World Bank vakillari logistika infratuzilmasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni davom ettirish istagini bildirishdi.
Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, logistika sohasi iqtisodiy o‘sishning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligini yana bir bor tasdiqladi.